Polaris xavfsizlik tahlilining yetakchi mexanizmlarini yagona platformada birlashtiradi va zaifliklarni boshqarish uchun kompleks echimlarni taklif etadi. Bu dastur, loyiha, jadval yoki SDLC voqealariga qarab turli testlarni turli vaqtlarda ishga tushirishda sizga moslashuvchanlikni taqdim etadi.
Black Duck Polaris – bu xavfsizlikni tahlil qilishning eng yaxshi texnologiyalaridan foydalangan holda kuchli dasturiy ta’minot xavfsizligi uchun integratsiyalashgan SaaS-platforma:
- Statik dastur xavfsizligini test qilish (SAST);
- Dasturiy ta’minot tarkibini tahlil qilish (SCA);
- Dastur xavfsizligini dinamik sinovdan o’tkazish (DAST).
Polaris tez va aniq ko’p turdagi skanerlashni ta’minlaydi, natijalar Black Duck mutaxassislari tomonidan tekshiruvdan o’tadi. Bu oson va tejamkor yechim bo’lib, u biznes-dasturlar xavfsizligi ehtiyojlariga moslashtiriladi. Platforma ishlab chiquvchilar va xavfsizlik mutaxassislari jamoalariga real vaqt rejimida hamkorlik qilish, reliz muddatlariga rioya qilish va korporativ dastur xavfini samarali boshqarishga imkon beradi.
